Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yil 6-sentyabrda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 952 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkaziladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.