Bu haqda Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi maʼlum qilmoqda.
Xabarda taʼkidlanishicha, reyslar yurtimizning “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan har payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Tashabbus Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida havo qatnovi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida joriy etilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, 19-iyul kuni xuddi shu aviakompaniya Toshkent — Dushanbe — Toshkent yoʻnalishini ham ochdi. Bu parvozlar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi
Ushbu yoʻnalishda shuningdek, “Somon Air” va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyalari uchoqlari ham parvoz qilmoqda.









