Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

– 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi, Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26,

– 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi, Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05da harakatlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda xarid qilish mumkin.