Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Samarqand viloyatida yashovchi haydovchi “Lasetti” mashinasiga “Damas” mashinasiga berilgan davlat raqamini taqib olib, yoʻllarda koʻp marotaba tezlik qoidalarini buzgan.
Jumladan, u 2024-yil yanvar oyidan hozirgacha jami 76 marotaba mashina tezligini belgilangan meʼyordan oshirib harakatlangan. Uning qoidabuzarliklari jarimalarning jami miqdori taxminan 50 mln soʻm atrofida.
Hozirda haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qarzdorlikni undirish maqsadida “Lasetti” rusumli avtomashinasi vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.