Hujjatda bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş, taʼlim va tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, oilalarni qöllab-quvvatlaş hamda bolalar manfaatlariga yönaltirilgan davlat xarajatlarini köpaytiriş kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

22-oktyabr kuni «Bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli rivojlaniş sari yöl» mavzusidagi Jahon sammiti yakunida Samarqand deklaratsiyasi tasdiqlandi. Ikki kun davom etgan sammit 21–22-oktyabr kunlari bölib ötdi.

Tadbir Özbekiston tomonidan BMT Boş kotibining bolalarga nisbatan zöravonlik masalalari böyiça maxsus vakili, YUNISEF, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda taşkil etildi. Unda birinçi xonimlar, vazirlar, xalqaro taşkilotlar, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va biznes vakillari, şuningdek, bolalar hamda yoşlar iştirok etdi.

Bolalar huquqlari va xavfsizligi ustuvor vazifa

Deklaratsiyada iştirokçilar Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi. Hujjatda bolalar dunyo aholisining uçdan bir qismini taşkil etişi, ular farovonligiga kiritilgan sarmoyalar esa soğliqni saqlaş, taʼlim, mehnat unumdorligi, ijtimoiy hamjihatlik va tinçlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlangan.

Davlatlar milliy şaroit va imkoniyatlardan kelib çiqib, bir qator yönalişlarda çoralar körişni közda tutmoqda. Jumladan:

  • bolalar va oilalar uçun ijtimoiy himoya hamda nafaqa tizimlarini takomillaştiriş;
  • bolalarni zöravonlik, şafqatsiz muomala va ekspluatatsiyadan, şu jumladan internet muhitida himoya qiliş;
  • erta bolalikdagi rivojlaniş, inklyuziv taʼlim va tibbiy xizmatlarni qöllab-quvvatlaş;
  • bolalar saratoniga qarşi kuraşiş çoralarini kuçaytiriş;
  • ota-onalar va vasiylarga yordam beriş, bolalarning oilasidan asossiz ajratilişiga yöl qöymaslik;
  • yoşlarni raqamli va «yaşil» iqtisodiyot talablariga tayyorlaş, ular uçun munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytiriş.

Bolalar uçun davlat xarajatlari oşirilişi mumkin

Deklaratsiyaning muhim yönalişlaridan biri moliyalaştiriş masalasiga bağişlangan. Unda davlat investitsiyalarini bolalar manfaatlariga yönaltirişni izçil oşiriş, milliy byudjetlarning şaffofligini kuçaytiriş va byudjet qarorlarida bolalar ehtiyojlarini hisobga oliş zarurligi qayd etilgan.

Şuningdek, xalqaro moliya institutlari, taraqqiyot hamkorlari, xayriya jamğarmalari va xususiy sektorni bolalar farovonligiga ajratiladigan mablağlarni köpaytirişga çaqirilgan. Bu, ayniqsa, daromadi past va örtaça bölgan mamlakatlar, şuningdek, qurolli nizolar, iqlim özgarişi va tabiiy ofatlardan jabr körgan davlatlar uçun muhim hisoblanadi.

Bolalar qarorlar qabul qilişda ham iştirok etadi

Hujjatda bolalar va ösmirlar özgarişlarning faol iştirokçilari sifatida eʼtirof etilgan. Iştirokçilar ularning qarorlar qabul qiliş jarayonlarida xavfsiz va mazmunli iştirokini taʼminlaşga, jumladan, deklaratsiyani amalga oşirişda ularning fikrini inobatga olişga tayyorligini bildirgan.

Deklaratsiyada belgilangan vazifalarni amalga oşiriş milliy siyosat va byudjetlar orqali, har bir mamlakat özi belgilaydigan muddatlar hamda muntazam hisobotlar asosida olib boriladi. Erişilgan natijalarni baholaş uçun keyinçalik yana uçraşişga kelişilgan.

Sammit iştirokçilari tadbirni Samarqandda taşkil etgani uçun Özbekiston xalqi va hukumatiga minnatdorlik bildirib, şaharni «sivilizatsiyalar çorrahasi» deb atadi.

Sammit yakunini «Oskar» mukofoti sovrindori Edrian Broudi sarhisob qildi. U, şuningdek, Şahnoza Mirziyoyevaga özi çizgan rasmni sovğa qildi.