Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A.” va “A.A.” MChJ rahbarlari avtolizing faoliyatini yoʻlga qoʻygani, 10 nafar fuqaroga lizing krediti asosida 60 oy muddatga avtomashinalarni yetkazib berishni vaʼda qilib, avtomashinalarni yetkazib bermasdan ularning jami 547,6 mln soʻm pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlandi.
Shuningdek, Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun sudlangan fuqarolar B.G'. va U.S. joriy yilning mart oyida “A.H.” MChJni tashkil etib, internet saytlari orqali "UzAutoMotors" kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni oldindan toʻlov evaziga 5-10 kun muddatda yetkazib berish haqida eʼlonlar berib, 4 nafar fuqaroning jami 380,6 mln. soʻm pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlandi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.