Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida qiymati 9,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlari eksport qilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 million AQSH dollariga koʻp. 

2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston oyoq kiyimlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qirgʻiz R. – 5,3 million;

Qozogʻiston – 2,2 million;

Tojikiston – 1,2 million;

Rossiya – 334,1 ming AQSH dollari.

2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga oyoq kiyimlari eksport qilgan hududlar:

Samarqand viloyati – 3,9 million;

Fargʻona viloyati – 2,1 million;

Andijon viloyati – 1,7 million;

Xorazm viloyati – 505,9 ming;

Toshkent shahri – 427,9 ming;

Namangan viloyati – 344,4 ming;

Toshkent viloyati – 330,7 ming;

Surxondaryo viloyati – 51,9 ming;

Navoiy viloyati – 31,4 ming;

Jizzax viloyati – 0,5 ming AQSH dollari.