Samarqand shahri hududi kengaytirilishi mumkin

    “Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

    Qayd etilishicha, tayyorlanayotgan qaror loyihasiga koʻra, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydonini Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

    Qaror loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.