Qayd etilishicha, viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat prokurori koʻp yillar shahar prokurori boʻlib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatchisi Baxtiyor Ismatullayevich Normatovni jamoaga tanishtirdi.
Eslatib oʻtamiz, B.Normatov tayinlovga qadar Narpay tuman prokurori vazifasida faoliyat yuritgan.