Bugungi kunda Samarqand tumanida fermer xoʻjaliklari tomonidan 6 ming tonnaga yaqin gʻalla hosili yetishtirilishi boʻyicha shartnomalar tuzilgan. Shundan 25 ta fermer xoʻjaligida 910 tonna urugʻlik uchun boshoqli don mahsuloti yigʻib olinadi. Shu bilan birga 8 ta gʻalla oʻrim kombaynlari mavsumga tayyor boʻlib, 40 ta yuk tashuvchi texnikalar jalb qilindi. Gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumini namunali oʻtqazish buyicha 8 ta otryad tuzilgan va tegishli chora-tadbirlar oʻtkazilgan.

“Avaz Hamdamov” fermer xoʻjaligida boshlangan gʻalla oʻrimida tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirok etdi. Unda joriy yil 2135 gektarga ekilgan boshoqli don ekinlarini nest-nobut qilmasdan yigʻishtirib olishni tilab duoga qoʻl ochdi. Belgilangan muddatda ushbu ishlarni samarali tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.