Samarqand turizm markazida 5G tarmogʻi sinov tariqasida test qilinishi boshlandi

    Raqamlashtirish 22 Iyul 2022 1508

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov oʻzining telegramdagi sahifasida Samarqand turizm markazida 5G tarmogʻini test qilish boshlangani haqida xabar berdi.

    Uning taʼkidlashicha, Samarqand turizm markazi nafaqat xalqaro tadbirlar oʻtkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy boʻlmoqda.

    Shu bilan birga markazda Oʻzbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada koʻtarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar koʻrsatishlariga imkon yaratilmoqda.

    Bu esa aynan xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha joriy yilda qabul qilingan PQ-104 Prezident qarori bilan mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan qoʻshimcha imkoniyatlar sababli amalga oshirilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, 24-27-oktyabr kunlari bu yilgi AKT haftaligi aynan shu Samarqand turizm markazida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, rejangizga kiritib qoʻying, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.