Shuningdek, ikki hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy koʻrsatkichlari va uni yana-da ragʻbatlantirish boʻyicha birinchi darajali vazifalar koʻrib chiqildi.
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni jadal ravishda amalga oshirish borasidagi ishlarni yana-da faollashtirish zarurligi qayd etildi. Joriy yil oxiriga qadar Samarqand viloyatida umumiy qiymati 12,1 trillion soʻmlik 1184 ta loyihani amalga oshirish va 17,3 mingta yangi ish oʻrni yaratish, Buxoro viloyatida esa 5,7 trillion soʻmlik 584 ta loyihani hayotga tatbiq etish va shuning hisobiga 12,3 ming yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
Sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha ham navbatdagi tadbirlar belgilab olindi. Tegishli idora va tarmoq birlashmalari rahbarlariga viloyatlarning tuman va shaharlariga chiqqan holda, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir takliflarni shakllantirish topshirildi.
Eksport faoliyatining joriy koʻrsatkichlari oʻrganildi. Tadbirkor va eksportchilarning muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha manzilli ishlarni faollashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, muhokama davomida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlarini talab qiluvchi bir qator alohida masalalar koʻrib chiqildi.
Videokonferensiya yakunida mutasaddi rahbarlar muhokama davomida koʻtarilgan muammolarni hal etish boʻyicha aniq koʻrsatma va topshiriqlarni oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.