Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda “inbusiness.kz” axborot agentligiga tayanib.
Qayd etilishicha, 2026-yil 4-martdan boshlab aviakompaniya Ostona–Samarqand–Ostona yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reysni yoʻlga qoʻymoqda. Juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladigan parvozlarga chorshanba kungi parvozlar qoʻshiladi.
Ostona – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar narxi 30 366 tenge (721 192,5 soʻm) dan boshlanadi.
“Qazaq Air” aviakompaniyasi 2025-yil noyabr oyidan boshlab Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga muntazam xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Shu davrda ushbu yoʻnalishlarda qariyb 4,5 ming yoʻlovchi tashilgan. Qoʻshimcha reyslarning yoʻlga qoʻyilishi barqaror talab bilan bogʻliq.