Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda “inbusiness.kz” axborot agentligiga tayanib.

Qayd etilishicha, 2026-yil 4-martdan boshlab aviakompaniya OstonaSamarqandOstona yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reysni yoʻlga qoʻymoqda. Juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladigan parvozlarga chorshanba kungi parvozlar qoʻshiladi.

Ostona Samarqand yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar narxi 30 366 tenge (721 192,5 soʻm) dan boshlanadi.

“Qazaq Air” aviakompaniyasi 2025-yil noyabr oyidan boshlab Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga muntazam xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Shu davrda ushbu yoʻnalishlarda qariyb 4,5 ming yoʻlovchi tashilgan. Qoʻshimcha reyslarning yoʻlga qoʻyilishi barqaror talab bilan bogʻliq.