Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib, murojaatchilar bilan muloqot oʻtkazishadi.
Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda oʻtkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Samarqand va Toshkent viloyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 30-mart – 3-aprel kunlari Toshkent viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi esa 31-mart – 3-aprel kunlari Samarqand viloyatida ish olib boradi.
Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi. Qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.