Maʼlum qilinishicha, qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqarolardan biri bojxona nazorati vaqtida shubha uygʻotgan. Yoʻlovchi “Body scaner” qurilmasi orqali koʻrikdan oʻtkazilganda, uning ichki aʼzosida 3 dona oʻram borligi maʼlum boʻlgan. Shifokorlar ishtirokida ochib koʻrilgan ushbu oʻramlarda jami 255 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu fuqaroga hamrohlik qilgan turmush oʻrtogʻi ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Uning ichki aʼzolaridan 4 dona oʻram chiqarib olingan boʻlib, ular tarkibida 541 gramm “opiy” borligi maʼlum boʻlgan.
Shu tariqa, jami 796 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini “jonli konteyner” usulida olib kirishga urinishning oldi olindi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.