Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, “Uzbekistan Airways” AJning rejalashtirilgan Toshkent – Samarqand – Toshkent, Samarqand – Moskva – Samarqand, Samarqand – Sankt-Peterburg, Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining yetib kelishi va joʻnab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Andijon – Samarqand – Andijon, Samarqand – Namangan – Samarqand va Fargʻona – Samarqand – Fargʻona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.

Yoʻlovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egaligi eslatib oʻtildi.