Parvozlar belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi.
Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, reyslar quyidagi jadval asosida yo‘lga qo‘yiladi:
UzAirways
HY333 Toshkent – Dubay — 2026-yil 4-mart, soat 08:30 (jadval asosida);
HY334 Dubay – Toshkent — 2026-yil 4-mart, soat 12:30 (jadval asosida).
Centrum Air
C6-351 Toshkent – Dubay — 2026-yil 4-mart, soat 05:30 (jadval asosida);
C6-352 Dubay – Toshkent — 2026-yil 4-mart, soat 10:25 (jadval asosida).
Qanot Sharq
HH901 Toshkent – Dubay (DWC) — 2026-yil 4-mart, soat 05:10 (jadval asosida);
HH902 Dubay (DWC) – Toshkent — 2026-yil 4-mart, soat 10:30 (jadval asosida).
Qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali e’lon qilib borilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, fuqarolarga parvoz vaqti va reys holatini oldindan aviakompaniyalar bilan aniqlashtirish, tasdiq olingandan so‘nggina Dubay xalqaro aeroportiga yetib borish tavsiya etildi.