Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Qayd etilishicha, “Qoradori-2025” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand viloyati IIB TQX JQB “Gihyovandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish“ boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Urgut tumanida yashovchi shaxs oʻzining tanishlariga 1 gr giyohvandlik moddasini 130.000 soʻm evaziga qonunga xilof ravishda sotib kelayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan. Olingan maʼlumotga asosan 2025-yil 18-iyun kuni Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida, Urgut tumanida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining Urgut tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan tanishi bilan birgalikda tadbirga shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10.000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.