Qayd etilishicha, shu yilning 4-may kuni soat 23:15 da Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Samarqand shahar “Ipak yoʻli“ MFY hududida 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga 2 nafar fuqarolar tushib ketganligi va ularga amaliy yordam zarurligi boʻyicha xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan, aytilgan manzilga FVB qutqaruvchilari yetib borgan va fuqarolar sogʻ-salomat qutqarib olingan.