Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd., Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji Oʻrinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlanganligi natijasida 10,2 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.









