Oʻtkazilgan tezkor tadbirlari davomida 1981-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg “Marixuana” giyohvandlik vositasini 25.000.000 soʻmdan sotishini oldindan kelishib rejalashtirgani toʻgʻrisida maʼlumotlar olindi.

Maxsus xaridor bilan bogʻlangan shaxs 5 kilogramm yukni tayyorlab qoʻyganligini maʼlum qildi. Samarqand viloyati IIB TQX xodimlari, viloyat IIB TVBSO hamda viloyat bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Soxibkor MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, vazni taxminan 5 kg“Marixuana” giyohvandlik moddasini 10.000 AQSH dollariga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.