2023-yil 13-may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar “Rudakiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Beruniy-Gagarin” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida “ISUZI” rusumli avtobus haydovchisi mashinasini boshqarib borayotgan vaqtida, yo‘ldan harakatlanib o‘tayotgan 59-son "Nurli maskan" maktabi o‘quvchisi 2004-yilda tug‘ilgan, Q.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada tan jarohati olgan piyoda Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2023-yil 15-may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.