Hozirni oʻzida 128 ta mamlakatdan 1 mingdan ziyod ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi, shundan 79 nafari turizm vazirlari, 24 nafari vazir oʻrinbosarlari.

Prezident ushbu tadbir hokimlarga mamlakatimiz turizm salohiyatini koʻrsatish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi.

Har bir viloyat hokimi oʻz delegatsiyalari bilan viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati, ovqatlari, ziyoratgohlari, sayyohlik maskanlari va marshrutlarini namoyish qilishi, turizm loyihalari boʻyicha kelishuvga erishishi shartligi qayd etildi.