Samarqand shahridagi 71-sonli hamda 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi
48-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti investitsiya dasturi asosida qurilgan boʻlib, 240 oʻringa moʻljallangan.
Rekonstruksiya qilingan keyingi bogʻcha - 71-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlib, ushbu muassasa 180 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga olish imkoniga ega.
Tadbirlarda viloyat va shahar hokimligi masʼullari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.