Samarqandda “El merosi” tarixiy liboslar teatri faoliyat yuritadi

    Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan bu teatr 2005 yilda ochilgan va bugungi kunda Samarqand mehmonlari orasida juda mashhur.

    Teatrning o‘ziga xosligi shundaki, unda Samarqand hududida turli tarixiy davrlarda yashagan millatlarning liboslari to‘plami o‘rin olgan.

    Tarixiy liboslar teatri spektakli 12 qismga bo‘lingan. U qadim zamonlardan, ya’ni hozirgi O‘zbekiston hududida saklar va massagetlar qabilalari yashagan davrdan boshlanib zamonaviy milliy liboslar bilan tugaydi.

    Milliy cholg‘u asboblari va an’anaviy raqslar sahnada tasvirlangan davrga xos kayfiyatni uyg‘otadi.

    Tarixiy liboslar teatri ijodkorlarining fikricha, ularning chiqishlari nafaqat sayyohlarni, balki mahalliy yoshlarni ham mamlakat tarixi, madaniyati va etnografiyasiga jalb qilish yo‘llaridan biridir.