Tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, 1990-y.t. shaxs 3 nafar fuqaroni “Oʻzbekiston-Rossiya-Turkiya-BAA-Buyuk Britaniya-Meksika-AQSH” yoʻnalishi orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborish uchun ularning har biridan 20 ming AQSH dollari talab qilib, jami 60 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqarolarga yoʻlga chiqishdan avval ularning har biri PSR-test maʼlumotnomasiga va hisobida 5 ming AQSH dollari boʻlgan VISA-kartaga ega boʻlishlari kerakligi tushuntirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qonunbuzarning xorijiy davlatlardagi jinoiy aloqalariga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.