Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Goʻzalkent filiali mansabdor shaxslari taʼminotchi korxona “G.Ch.” fermer xoʻjaligi rahbari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan fuqaro G.Yu. va boshqalar 241,8 mln soʻmlik naslli chorva mollarini olgani toʻgʻrisida soxta kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, davlatning maqsadli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.