Samarqandda haydovchidan pora soʻragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan boʻshatildi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspektor mashinani toʻxtatgan va haydovchidan uch kishilik tushlik olib kelishini soʻragan. “50 kundan beri quyoshda turgani”ni aytib, ezilib ketganini taʼkidlagan. Boʻlib oʻtgan “savdo”dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida oʻtirgan odamga 70 ming soʻm berib ketgan. Hozirda holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ichki ishlar nazorati oʻtkazildi. Ushbu holatda ishtirok etgan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan boʻshatildi. Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻllanildi.