Unda Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.

Nufuzli xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bagʻishlanadi:

1. Imom Buxoriy merosining oʻziga xos xususiyatlari, afzalliklari;

2. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrni;

3. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, yaxshi qoʻshnichilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar va oʻzgarishlarni targʻib qilish.

Xalqaro anjumanda oʻz ona tilida chiqish qilgan har bir maʼruzachining nutqi tarjimonlar tomonidan tegishli tillarga tarjima qilinadi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati