Samarqand shahrining Turkiston koʻchasi 62-uyda joylashgan Joe Biden nomli MCHJ 2021-yil 21-yanvar kuni Samarqand shahri Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatga olingan.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yilda Donald Tramp AQSH prezidenti etib saylanganida ham Oʻzbekistonda bir qator firmalar ushbu nom ostida roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Xususan, 2016-yilning 23-noyabrida Toshkentda iqtisodiy faoliyat turi “Ishlab chiqarish maqsadlariga moʻljallangan yoki moʻljallanmagan yashashga yaroqsiz koʻchmas mulkni boshqarish” boʻlgan Trump Impex MCHJ roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shuningdek, oʻsha yilning oktyabrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi Trump Cotton MCHJ ham roʻyxatga olingandi.

Bu haqda “Zamon” xabar bergan.