Viloyat Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, tumanning “Xoʻjayuz“ MFY hududida joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup koʻp yillik oʻsib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlaganligi holati aniqlandi.

Toyloq tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor oʻrganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 soʻm zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.