Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    Samarqandning Ishtixon tumanida yertoʻlada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd soʻm zarar yetkazildi.

    Samarqand viloyati Ishtixon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

    Tashkilot hududiy boshqarmasi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda bino yertoʻlasida umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasi elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 28 milliard 896 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.