Bu haqda MIB Samarqand viloyati boshqarmasi maʼlum qildi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Paxtachi boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida boʻlim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga kelib chiqishi mumkin boʻlgan huquqiy oqibatlar tushuntirilganda qarzdor ota oʻz nomidagi uyini berish istagini bildirdi.
Natijada, sobiq turmush oʻrtoqlar oʻzaro kelishib, alimentchi ota Paxtachi tuman hududida joylashgan uyini sobiq turmush oʻrtogʻi nomiga rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.