Bu haqda “Agro inform” jurnali rasmiy veb sahifasida xabar berildi.

Turkiya serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik koʻchatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari koʻriladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2022-yil yakuniga qadar:

- xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini koʻradi;

- Samarqand viloyatida Oʻzbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.