Samarqandda probatsiya nazoratidagi shaxslarning 355 nafari yana qayta jazoga mahkum etildi

    Ijtimoiy hayot 26 Yanvar 2021 1053

    2020-yilda Samarqand viloyatida probatsiya nazoratida boʻlgan shaxslardan 355 nafarining oʻtalmay qolgan jazo muddatlari ogʻirroq jazo turlariga, xususan, 185 nafarining jazosi ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.

    Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, 2020-yilda Samarqand viloyati IIB probatsiya nazoratidagi 6 379 nafar shaxsning 3 793 nafari bevosita ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo muddatlarini oʻtayotgan boʻlsa, 2 586 nafari roʻyxat hisobiga olingan.

    Oʻtgan yilda belgilangan jazoni oʻtashga halol munosabatda boʻlgan 2 667 nafar nazoratdagi shaxsning oʻtalmay qolgan jazosi muddatidan ilgari tugatilib, ular shartli ravishda ozod etildi. Ammo berilgan imkoniyatdan toʻgʻri foydalanmasdan, tayinlangan jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab yurgan shaxslardan 355 nafarining jazosi ogʻirlashtirilgan.