Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toyloq tumani, “Charogʻbon” MFYdagi istiqomat qiluvchi fuqaro E.S. tijorat maqsadida 55 ta toʻplamdagi mayning qurilmasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 5 mlrd 528 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.