“Chess Cafe”ning ochilishi tadbirkor Komiljon Negmatov tashabbusi bilan boʻlib, “Mazkur gʻoyaning paydo boʻlishiga sabab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ - 4954-sonli qarori boʻldi», - deydi u.
Bu yerda siz shaxmat oʻynashingiz, shuningdek uygʻur va milliy taomlarni taʼtib koʻrishingiz mumkin.
Kafe shaxmat muxlislariga moʻljallangan. “CHESS CAFE”ning ichki qismi xuddi uy kabi qulay va shinam boʻlib, bu yerda oʻynalgan shaxmat partiyasidan keyin ham oʻtirib dam olish, ham mazali taomlar isteʼmol qilish imkoni mavjud. Shuningdek, ushbu kafeda shaxmat turnirlari, darslar va koʻrgazmali shaxmat partiyalari oʻtkazish uchun joy ajratilgan.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati