Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.F.S. oʻz uyida noqonuniy ravishda telekommunikatsiya tarmogʻini tashkil etib, radiorele qurilmasi orqali 9 nafar fuqaroga internet xizmatlarini pullik va bepul tarzda koʻrsatib kelayotgani aniqlandi.
Tekshiruv natijasida ushbu xizmatlar uchun hech qanday litsenziya, ruxsatnoma va shartnomalar mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, S.F.S. hamda 9 nafar fuqaroga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida“gi kodeksning 152-moddasi, 155²-moddasi va 165-moddasiga muvofiq choralar koʻrildi.
Shu oʻrinda, “Oʻzkomnazorat“ Inspeksiyasi aholi va tadbirkorlik subyektlarini telekommunikatsiya tarmogʻini tashkil etish, foydalanish hamda xizmat koʻrsatishda qonunchilik talablariga rioya etmaslik, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.