Samarqandda to‘rt egizak chaqaloq dunyoga keldi

    Ijtimoiy hayot 3 Noyabr 2022 2325

    Samarqand viloyati perinatal markaziga 29-oktabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirovani olib kelishgan.

    Tekshiruvlar natijasida homilador ayol to‘rt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirishga qaror qilishgan.

    – 2 noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki o‘g‘il va ikki qiz egizak tug‘dirib olindi, – deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva. – Hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar bo‘limida nazoratda, deya xabar beradi OʻzA.