Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 23- sentyabr kuni soat 19:10lar atrofida Samarqand shahar Afrosiyob koʻchasida “Tracker-2” rusumli transport vositasi haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan, voyaga yetmagan, 2012- yilda tugʻilgan velosipedchini urib yuborishi oqibatida YTH sodir boʻldi.

YTH oqibatda velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Barcha haydovchilardan piyodalar oʻtish joylarida piyodalarga yoʻl bergan holda, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.