Agentlikning har bir viloyati hududiy vakilligiga tayinlangan Agentlik rahbarlari oʻzlarining mobil guruhlarini tashkil etib aholining chet tillarga boʻlgan qiziqishini oshirish va xorijiy imtihonlar haqida maʼlumotlar berib bormoqda. Samarqand viloyati hududiy vakilligi ham qisqa muddat ichida  koʻzga koʻrinarli darajadagi ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirib kelmoqda, xususan agentlikning Samarqand viloyati hududiy vakilligi boshligʻi Muhammadxon Soliyevning  yosh rahbar b oʻlishiga qaramasdan  xususiy sektorda egallagan katta tajribasi amalga oshirilayotgan ishlar uchun dasturamal boʻlmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

-Yoshlarga imkoniyat yaratish,ularning ilm-fan va taraqqiyotga erishishi hamda xorijiy tillarga boʻlgan qiziqishi va koʻnikmalari asosida  oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun harakat qilishimiz,vakolatimiz doirasida ularga kerak boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishimiz zarur, -deydi Xorijiy tillar agentligi Samarqand viloyati vakilligi rahbari Muhammadxon Soliyev. -Hududdagi oʻquvchilarning koʻpchiligi Xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining grantini q oʻlga kiritgan shu sababli ularda koʻnikma hosil qilish uchun hududda xorijlik malakali kadrlar ishtirokida seminar va mahorat darslarini koʻroq tashkil etishga harakat qilamiz.

Darhaqiqat, bu kabi tadbirlarda nafaqat oʻzimizning mahalliy mutaxassislar balki xorijdagi nufuzli va yuksak malakali  tajribaga ega boʻlgan ekspertlar ham jalb qilinmoqda.Samarqand viloyati vakillligi tashabbusi bilan jahon miqyosidagi mutaxassislardan biri Amerikaning Massachusets shtatida tavallud topgan  ingliz adabiyoti yoʻnalishida magistrlik darajasini tamomlagan va hozirda ”Innovative Centre” oʻquv markazining hamkor tashkilotrlaridan biri boʻlgan “MM Publications”, ELT boʻyicha maslahatchi va oʻqituvchi treneri Kristofer Vasiliu , “Innovative Centre” da oʻzing mahorat darsini oʻtqazdi. Yekspert tadbirlarda  qatnashib xorijiy tillar va xalqaro imtihonlarning hozirgi kunda hayotda va ish faoliyatida ham qanchalar muhimli toʻgʻrisida aholiga qoʻshimcha maʼlumotlar berib yigʻilganlarning  qiziqishini oshirdi.

Yana bir katta tajribaga ega xorijlik mutaxassis Rodney Lau Samarqand shahrining Yoshlar markazida mahorat darsini yuzlab Samarqandliklar bilan b oʻlishdi. Rhodney hozirda IELTS ning speaking(gapirish mahorati) imtihon oluvchi hisoblanib nufuzli xorijiy imtihonlar DELTA va CELTA sertifitaklariga ega boʻlgan malakali mutaxassis hisoblanadi.Mahorat darsi koʻpgina insonlarning chet tiliga qiziqishiga va xalqaro imtihonlarda qanday qilib yaxshi natijalarni qoʻlga kiritish boʻyicha oʻzing fikr va mulohazalari bilan boʻlishdi.

Bundan tashqari bu kabi davomiy tashkil etilib kelayotgan navbatdagi Ochiq suhbatlarda Amerikalik olim virusolog va fizologiya va meditsina yu yunalishida Nobel mukofoti sovrindori Harold Eliot Varmus yoshlar orasida xorijiy tillarni oʻrganishning ilm-fan sohasidagi roli mavzusida gapirgan boʻlsa Kristofer Vasilu Speaking(Gapirish) koʻnikmasi boʻyicha, Gregg Sotiropolus, “Notiqlik Sanʼatiʼʼ”, Joanna Motteram oʻqituvchilar oʻz ustida ishlashlari uchun kerak boʻluvchi omillar togʻrisida mahorat darslarini oʻtkazdi. Ekspertlarning barchasi oʻz nutqi davomida  ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni oʻrganish nafaqat  meditsina balki har bir boshqa sohada ham foydali boʻlishini, xorijiy tillarni oʻrganish insonlarga oʻz mahorat va bilimlarini boshqalarga ham koʻrsata olish va ilmiy taqdiqotlarda juda muhlimgini tushuntirib oʻtdi.

Shu jumladan agentlikning Samarqand viloyati hududiy vakilligi tashabbusi bilan soʻnggi vaqtlarda oʻqituvchilar oʻrtasida ommalashayotgan TKT (Teachers Knowledge Test) sertifikati kitobining muallifi Alan Pulverness tomonidan har haftaning Juma kunida  Zoom platformasi orqali mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

Bu kabi turli yutuqlarga erishgan tajribali insonlar bilan suhbatlar kelgusida ham tashkil etilib aholini chet tillini bilish darajlarini koʻtarish, aholi orasida xalqaro imtihonlar haqida keraklicha maʼlumot boʻlishi bilan birga bir qator dunyoda tan olinadigan sertifikatlarga ega boʻlgan fuqarolarimizni sonini oshirishga bevosita ijobiy taʼsirini oʻtqazadi.