UzAʻning yozishicha Xitoydagi gidronasos va generatorlar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri boʻlgan “Tianjin Baili Equipment Group” kompaniyasi raisi Vu Jeyjun boshchiligidagi boshqaruv kengashi aʼzolari bilan muzokaralar chogʻida hamkorlikda ishchi guruh tashkil etib, mini GESlar qurish uchun mavjud imkoniyatlarni oʻrganish va loyihalar ishlab chiqish, quyosh panellari orqali ishlaydigan suv nasoslari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, quyosh va shamol stansiyalari uchun generator va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish masalalari muhokama etildi.
Davlat sherikchiligida tashkil etilgan kompaniyada elektr energiyasini olish jarayonida zarur boʻlgan barcha uskuna va texnologiyalar ishlab chiqariladi va butun mamlakatdagi loyihalarning 20 foizidan ortigʻi amalga oshiriladi.
Kompaniya vakillari tez orada Samarqandda boʻlib, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishi aytildi.








