Surishtiruvlar davomida bir necha fuqaro oʻzlariga tegishli boʻlgan xoʻrozlarni urishtirish maqsadida olib kelganligi maʼlum boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, aynan mazkur oʻyinni tomosha qilish uchun 200ga yaqin insonlar kelgan.

Tashkilotchining yonidan tomoshaga tashrif buyurgan fuqarolardan yigʻib olingan jami 3 mln 225 ming soʻm miqdoridagi pullar rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan qimorxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan JKning 278-moddasi 1-qismiga asosan, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xoʻroz urishtirishda qatnashgan va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.