— Isenko-Kushing sindromi kam uchraydigan, ogʻir endokrin kasallik boʻlib, bemorlarda yurak-qon tomir, tayanch-harakat tizimlarida jiddiy asoratlarga sabab boʻladi, — deydi filial bosh shifokori Gulzoda Negmatova. — Tashxislash va davolashda murakkabliklar sabab bemorlar koʻpincha mutaxassisga murojaat qilguncha asoratlar rivojlanib, hayot sifati pasayishi kuzatilardi.

Samarqandda yoʻlga qoʻyilgan ushbu yuqori texnologik amaliyot endokrin kasalliklar bilan bemorlarning uzogʻini yaqin qilish, nogironlik va erta oʻlimning oldini olish uchun qoʻyilgan muhim qadamdir.