Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati mazkur holat davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazoratga olindi.

O‘rganishlar natijasida, Alisher Navoiy MFY hududida «Brasseriye Kiparis Group» MCHJ quruvchilari tomonidan qurilish jarayonida xandaq qazish ishlari olib borilganda 2 tup ko‘p yillik chinor va 1 tup aylant daraxti ildiziga jiddiy shikast yetkazilgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan huquqbuzar fuqaro R.B.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.