Shu bois hukumat oldiga SHahrisabzda turizmni rivojlantirish bo'yicha qator vazifalar qo'yildi.
Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi. Hisorak-G'elon va Hisorak-Sarchashma yo'li ikki tasmali qilib ta'mirlanadi.
Chiroqchi-Sho'rquduq avtomobil` yo'lining 30 kilometri ta'mirlanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga ko'proq sayyohni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.