Samarqanddan Toshkentga qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdi yoʻlga qoʻyildi

    Qurbon Hayiti munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

    Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

    Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

    776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi

    Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin.⠀