Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining sovgʻasi sifatida “Yutong” zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan avtobuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev qabul qilib oldi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib borayotganligi, bu transport vositalari nufuzli sammitning yuksak saviyada oʻtkazishga yordam berishi taʼkidlandi, deb yozadi ZarNews.uz veb-sayti.