Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tayyorladik – Shavkat Mirziyoyev

    Saylov 24 Sentabr 2021 563

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati rivojiga toʻsiq boʻlib turgan muamolar bilan birga, ularni yechish boʻyicha oʻz saylovoldi dasturidan oʻrin olgan rejalarga ham toʻxtaldi.

    – Yuqorida aytib oʻtilgan muammolarni hisobga olib, biz viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tayyorladik. Bunda quyidagi ustuvor yoʻnalish va vazifalarga asosiy eʼtibor qaratamiz.

    Birinchi yoʻnalish – 450 mingta ish oʻrni yaratish orqali kambagʻallikni 2 barobarga qisqartirish – eng ustuvor vazifamiz boʻladi. Buning uchun kelgusi besh yilda yalpi hududiy mahsulotni 1,4 baravarga oshirib, 90 trillion soʻmga yetkazishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Saylovoldi dasturida belgilanishicha, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini kasb-hunarga oʻqitish orqali viloyatda 130 mingta ish oʻrinlari yaratiladi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida viloyatga har yili qariyb 1 trillion soʻm imtiyozli kredit ajratiladi.